Bolangiz qaysi maktabga 1-sinfga qabul qilinishini bilasizmi?  

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “2022-2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to’g’risida“gi PF-134-son farmoniga muvofiq, 2023-2024- o'quv yilidan umumiy o'rta ta'lim maktablarining 1-sinfiga bolalarni qabul qilishni yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirilishi belgilangan.

Kuni kecha shahar hokimligida Kattaqo'rg'on shahar umumta'lim maktab derektorlari va mahalla fuqarolar yig'ini raislari ishtirokida ushbu farmon asosida 2023-2024- o'quv yilidan Kattaqo 'rg'on shahridagi umumiy o'rta ta'lim maktablarining 1-sinfiga bolalarni qabul qilishni tashkil etish yuzasidan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Mazkur yig'ilish davomida shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i v.b. A.Daminov tomonidan bolalarni 1-sinfga qabuli bo'yicha shahar maktablariga biriktirilgan mikrohududlarda olib borilgan ishlar, bolalarni davlat umumiy o'rta ta'lim muassasalariga onlayin tarzda qabul qilish bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatishning ma'muriy reglamenti to'g'risida batafsil ma'lumot berildi.

Suningdek, yigilish yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga tegishli javoblar berildi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.                 

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM