Kattaqo’rg’on kichik sanoat zonasi tabiiy gaz bilan ta’minlanadi

«Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 iyundagi “Hududlarda maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini tashkil qilish va ularni muhandislik-kommunikasiya infratuzilmasi bilan ta’minlash chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-271-sonli qarori ijrosini o’z vaqtida va sifatli ta’minlash yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Filialning qurilish-montaj boshqarmasi tomonidan Kattaqo’rg’on shahrining Qo’shhovuz kichik sanoat zonasi hududida joylashgan ishlab chiqarish korxonalarini tabiiy gaz bilan ta’minlash yuzasidan 3,1 km masofada tabiiy gaz tarmog’ini qurish ishlari amalga oshirilmoqda.

Loyiha qiymati 1 mlrd 853 mln so’m bo’lgan ushbu hududda qurilish- montaj ishlari nihoyasiga yetkazilmoqda. Boshqarma muhandis-texnik xodimlari tabiiy gaz quvurlarini belgilangan tartibda  ishlov berishib, uch qavatli himoya qoplamasi bilan qoplashmoqda. Tabiiy gaz quvurlarini montaj qilish ishlari to’liq tugagach, bosim ostida zichlikka sinash tadbirlari o’tkaziladi.

Filialning qurilish-montaj boshqarmasi quruvchilarining mehnati evaziga hademay Kattaqo’rg’on kichik sanoat zonasida joylashgan ishlab chiqarish korxonalari tabiiy gaz bilan ta’minlanadi.

Prezidentimizning yuqoridagi qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, yangi ish o’rinlari yaratilishi, ichki iste’mol bozorini sifatli va arzon mahsulotlar bilan ta’minlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

 

“Hududgaz Samarqand” GTF matbuot xizmati

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM