Samarqand viloyati prokurori Jaxongir Xatamov boshchiligida Kattaqoʻrgʻon shahrida sayyor qabul hamda yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Unda 26 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etib, oʻzlarini qiynab kelayotgan muammolarni aytishdi, shundan 7 nafarining masalasi ijobiy hal etilib, 5 nafariga tushuntirish berildi, 14 nafari nazoratga olingan holda ijroga qaratildi.

Shuningdek, fuqarolar hududni ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilashga xizmat qiladigan takliflarini ham bildirishdi.

Xususan, “Noqis”, “Urmachit” “Haydar chaman” mahallalarida yashovchi J.Rustamov, B.Roʻzimurodov va N.Sharipovlarni  ichki yoʻllarni taʼmirlash va asfalt yotqizish, “Qori ravot” mahallasida yashovchi fuqarolar N.Muminov va M.Boymirovalarni ishga joylashish va davolanish uchun yordam koʻrsatish,  aliment pullarini undirish, yoshlar daftariga kiritish va bandligini taʼminlash kabi murojaatlar ijobiy yechimini topdi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM