Muddatli harbiy xizmatchilarni kuzatuv marosimi

Kattaqo'rg'on shahridagi harbiy qismida muddatli harbiy xizmatni o'tab bo'lib, uylariga ketishga shaylangan askarlar kuzatuv hamda taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Kattaqo'rg'on shahridagi harbiy qismda o'tkazilgan ushbu tadbirga Mudofaa vazirligi bosh shtabi artilleriya qo'mondoni polkovnik Farrux Ibragimov hamda Kattaqo'rg'on shahar hokimi Gavhar Alimova ishtirok etdi. 

Oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun beriladigan imtiyozlar imtixonlardan yuqori ballarni qo'lga kiritgan askarlarga sovg'alar bilan birgalikda tantanali ravishda topshirildi.

So'zga chiqqan Kattaqo'rg'on shahar hokimi Gavhar Alimova bir yil davomida chinakam yigitlik burchini o'tagan askarlani uzoq sog'inch bilan uyga ketayotganlari bilan tabrikladi.


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.                                                                       

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM