Xayriya tadbirlari davom etmoqda

Image_tadbir: 

Shu kunlarda shahrimizda ham Muborak ramazon oyining xayrli amallaridan biri bo‘lgan iftorlik tadbirlari o‘tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi “Osiyo” va “Qo‘shchinor” tadbirlar maskanida “Chordara” hamda “Nurafshon” mahallasi fuqarolari ishtirokida  o‘tkazildi.

Tadbirga ehtiyojmand oilalar, nuroniylar taklif etildilar.
Dasturxon ustida davom etgan tadbirda mana shunday xayrli tadbirlarning bardavom bo‘lishi va yurtimizda tinchlik xotirjamlik bo‘lishini tilab duoga qo‘l ochdilar.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.                                                                             

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM