ENG YОSH KITOBXON OILA ANIQLANDI

Image_tadbir: 

Kattaqo‘rg‘on garnizoni 02855 harbiy qismda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi miqyosida harbiy xizmatchilarning oila a’zolari o‘rtasida “Kitobxon harbiy oila” shiori ostida  o‘tkazilib kelinayotgan “Eng yosh kitobxon oila” ko‘rik-tanlovining harbiy qism bosqichi o‘tkazildi.

Harbiylar oilasida kitobxonlik va mutolaa madaniyatini yangi bosqichga olib chiqish, oilalardagi o‘sib kelayotgan yosh avlodni kitobga muhabbat ruhida tarbiyalash, har bir oila a’zolarining mutolaa jarayonidan olingan taassurotlarini boshqalar bilan bo‘lishish, tomoshabinlarga zavq berish bilan birga, ularni ham kitob o‘qishga da’vat etish maqsadida tashkil qilingan tanlovda ishtirokchilar “Tezkor savol-javob”, “Badiiy asarlar bilimdoni”, “Erkin mavzu” kabi shartlar bo‘yicha bellashdilar va  baholandilar. 

Tanlov yakunida g‘olib va sovrindor bo‘lgan "Yosh kitobxon oila" deb topilgan harbiy oilalarga diplom va  esdalik sovg‘alari topshirildi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM