“Nurafshon” mahallasida ishlar qizgʻin davom ettirilmoqda.

Image_tadbir: 

Bugun ogʻir hudud sifatida belgilangan “Nurafshon” mahallasida “Oqqoʻrgʻon tajribasi” asosida bir qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 2 nafar ehtiyojmand fuqarolarning xonadonlarini fasad qismini ohaklash, daraxtlarga shakl berish va ohaklash, irrigatsiya ariqlarini tozalash va chiqindilarni hududdan chiqarish ishlari amalga oshirildi. 

Shuningdek, Bogʻibaland koʻchasining 0,5 km qismiga tosh-shagʻal toʻkilib tekislash ishlari tashkil etildi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM