Hurmatli fuqarolar!

Ertaga, 17 fevral kuni Kattaqoʻrgʻon shahridagi Xalq qabulxonasida soat 10:00 dan boshlab  Kattaqoʻrgʻon shahar hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Ahmedov Jamshid Kurbanbayevich boshchiligidagi “qurilish kompleksi”ning fuqarolar uchun qabuli tashkil etiladi. Ushbu qabulda qurilish kompleksining  “Kattaqoʻrgʻonshahargaz” gaz taʼminoti boʻlimi, “Elektr taʼminoti” boʻlimi, “Suv taʼminoti” boʻlimi, “Ekologiya va atrof-muxitni muhofaza qilish” boʻlimi, “Kattaqoʻrgʻon shahar obodonlashtirish” boshqarmasi, Kadastrlar palatasi, Kadastr agentligi, Qurilish boʻlimi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimi boshliqlari ishtirok etadi.

 Sizda muammo, taklif va mulohazalar boʻlsa murojaatingiz bilan ushbu qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM