TADBIRKORLARNING QANDAY MUAMMOLARI BOR?

Tadbirkorlik subyektlari faoliyat samaradorligini oshirish borasida mamlakatimizda bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Albatta, bu imkoniyatlardan unumli foydalangan tadbirkorlar faoliyatlarini kengaytirish maqsadida turli loyihalarni amalga oshirmoqdalar.

Bugun shahar hokimi Gavhar Alimova 1 sektor hududidagi tadbirkorlar bilan oʻtkazilgan uchrashuvda ushbu masalalarga alohida eʼtibor qaratdi. Uchrashuvda shuningdek, bank va boshqa tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etdilar. 

Tadbirkorlar hokim bilan muloqotda oʻzlarining loyihalari haqida ularni amalga oshirishdagi mavjud muammolar haqida gapirdilar. Bu boradagi masalalarni hal etish yuzasidan bank mutasaddilari va mas'ullarga topshiriqlar berildi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.                         

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM