MUROJAATLAR O‘RGANILDI

Bugun shahar hokimi Gavhar Alimovaning navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi. Shahar Xalq qabulxonasida o‘tkazilgan qabulda shuningdek, Xalq qabulxonasi mudiri H.Shodieva hamda tegishli tashkilotlar mutusaddilari ishtirok etdilar.

Qabul davomida fuqarolarning uy-joyini ta’mirlash, uy-hujjatlari, ijtimoiy daftarlarga kiritish va oilaviy masalalardagi murojaatlar o‘rganildi va asosiy e’tibor ularni ijrosini ta’minlashga qaratildi.

Shuningdek, ayrim murojaatlar shahar hokimi va mutasaddilar ishtirokida joyiga chiqib o‘rganildi.


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM