SHAHAR HOKIMI FUQAROLARNI QABUL QILDI

Bugun shahar hokimi Gavhar Alimovaning navbatdagi qabuli oʻtkazildi. Shahar Xalq qabulxonasida boʻlib oʻtgan qabulda 20 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etdilar.
Murojaatlarning aksariyati gaz, elektr taʼminoti borasida boʻlib, mutasaddilar ishtirokida murojaatlarni hal etilishi boʻyicha vazifalar belgilab olindi. 

Shuningdek, qabul davomida fuqarolardan moddiy yordam olish, sogʻligini tiklashda yordam, oilaviy masalalar yuzasidan tushgan murojaatlar ham atroflicha oʻrganildi va ijrosini taʼminlash nazoratga olindi.

10 ga yaqin murojaat joyida hal etildi va qolgan murojaatlarni tegishliligi boʻyicha mutasaddilarga ijrosini taʼminlash yuzasidan topshiriqlar berildi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM