Kattaqoʻrgʻon shahrida velosiped oʻgʻirlagan shaxs qo`lga olindi

Kattaqoʻrgʻon shahar Yakkabogʻ MFY da yashovchi, fuqaro IIB ga ariza bilan murojaat qilib, 2021-yil 27-oktyabr kuni Kattaqoʻrgʻon shahar Oʻzbekiston koʻchasida joylashgan 6-sonli umumtaʼlim maktabi oldidan, voyaga yetmagan oʻgʻliga tegishli boʻlgan bahosi 1.500.000 soʻm boʻlgan velosiped nomaʼlum shaxs tomonidan oʻgʻirlab ketilganligi maʼlum qilib, ushbu nomaʼlum shaxsga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

Mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxsga nisbattan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Kattaqoʻrgʻon shahar IIB JQB tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, ushbu oʻgʻrilik jinoyatini Navoiy viloyati Xatirchi tumani Boʻgʻirdoq MFYda yashovchi, 1985-y.t. Yu.S. sodir etganligi aniqlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM