INGLIZ TILI O’QITUVCHILARI UCHUN O’QUV SEMINARI O’TKAZILDI

Yaqinda Samarqand viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi hamda ETA UZBEKISTAN Xalqaro ingliz tili oʻqituvchilari Assotsiatsiyasi oʻrtasida memorandum imzolandi. Ushbu memorandum ijrosini ta’minlash maqsadida bugun shahar xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan Ingliz tili o‘qituvchilari uchun o’quv seminari bo‘lib o‘tdi. 

Unda ETA UZBEKISTAN Xalqaro ingliz tili oʻqituvchilari Assotsiatsiyasi asoschisi Feruz Akbarov, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi xorijiy til metodisti Jahongir Zakirov hamda shahar xalq ta’limi bo‘limi mudiri Jahongir Axmedovlar ishtirok etdilar.

Seminar davomida ingliz tili o’qituvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Shuningdek, yaqinda “Mening Prezidentim” ijodiy tanlovi Respublika bosqichida faol ishtirok etgan 17-IDUM ning 11 – “А” sinf o’quvchisi Iroda Akbarovaning  yutug’i etirof etildi hamda Xalq ta’limi bo’limi  maktab jamoasiga tashakkur bildirdi.

Kattaqo’rg’on shahar hokimligi Axborot xizmati

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM