Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish natijalari nima beradi?

Aholini ro‘yxatga olish – O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning muayyan hududlarida o‘tkaziladigan, belgilangan sanada aholining demografik va ijtimoiy-iqtisodiy tavsiflarini belgilovchi, shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish va ularga ishlov berish hamda yakuniy ma’lumotlarni tarqatish va foydalanishning davriy jarayoni hisoblanadi.

Aholini ro‘yxatga olishning asosiy maqsadi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish prognozlarini ishlab chiqish, demografik ko‘rsatkichlarni hisoblash va prognozlash, mehnat resurslari joylashuvi va ulardan foydalanishni o‘rganish hamda ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun aholi to‘g‘risida ishonchli

va xolis axborotlarni olish hisoblanadi.

Aholini ro‘yxatga olishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash, xotin-qizlar va bolalar uchun shart-sharoitlarni yaxshilash, oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish maqsadida, aholi tarkibidagi, demografik vaziyatdagi o‘zgarishlarni baholashga doir ma’lumotlar bazasini kengaytirish;

- shaharlarni va boshqa aholi punktlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mehnat resurslarini joylashtirish hamda ulardan foydalanishning uzoq, o‘rta va qisqa muddatli prognozlari va dasturlarini tayyorlash;

- aholini ro‘yxatga olish davri oralig‘idagi aholi soni

va tarkibining joriy hisobini, hisob-kitoblarini hamda prognozlarini amalga oshirish;

- ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish.

Aholini ro‘yxatga olish qaysi manbalar

hisobidan moliyalashtiriladi?

CHet el davlatlari tajribasidan ma’lumki, aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish ko‘p mehnat va mablag‘ talab etadi. Buning uchun tadbirni moliyalashtirish manbalarini aniqlashtirib olish ham muhim masalalardan biri hisoblanadi.

YUrtimizda 2023 yilda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish tadbirlarini moliyalashtirish, O‘zbekiston Respublikasida

aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasiga muvofiq, Davlat byudjeti mablag‘lari va qonun bilan ta’qiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.

Moliyalashtirish uchun zarur mablag‘lar hajmi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va boshqa mas’ul idoralar

hisob-kitoblari asosida, shuningdek, tender savdolari va tender hujjatlarini rasmiylashtirish natijalari bo‘yicha aniqlanadi.

Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga, uning materiallarini qayta ishlashga, natijalarini olish va e’lon qilishga jalb etilgan xodimlarning mehnatiga haq to‘lash maxsus ishlab chiqilgan va tasdiqlangan normativlar asosida amalga oshiriladi.

Ma’lumot tariqasida, 2010 yilda o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olish tadbirlariga sarflangan xarajatlar qiymati o‘rtacha aholi jon boshiga Tojikistonda 1,31 AQSH dollarini, Qirg‘izistonda

1,12 AQSH dollarini, Ozarbayjonda 1,03 AQSH dollarini, Moldovada

2,15 AQSH dollarini, Rossiya Federatsiyasida 3,81 AQSH dollarini tashkil etgan.

Kattaqo’rg’on shahar statistika bo’limi

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM