Zulfiyaxonim tavalludining 106 yilligiga bag'ishlab

Image_tadbir: 

Kattaqo`rg`on shahar Xalq ta’limi bo`limi tasarrufidagi 16-umumiy o`rta ta’lim maktabida 2021-yil 1-mart kuni boshlangʻich Xotin-qizlar tashkiloti tomonidan O`zbekiston xalq shoirasi taniqli jamoat va davlat arbobi Zulfiyaxonim tavalludining 106 yilligiga bag`ishlangan “Zulfiya- vafo, sadoqat va hayo kuychisi” nomli musiqali va adabiiy-badiiy tadbir bo`lib o`tdi. Tadbirda mehmonlar kutib olinib maktab Xotin-qizlar boshlang`ich tashkiloti bilan hamkorlikda to`garaklar faoliyatidan lavhalar namoyish etildi. 

 Tadbirda Kattaqo`rg`on shahar hokimi, senator Alimova Gavhar Zairovna, shahar Xalq qabulxonasi mudiri Shodiyeva Xamrotosh Normurodovna, shahar Xotin-qizlar masalalari bo`yicha hokim o`rinbosari Qo`chqorova Shaxlo Botirovna, O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi shoira Erkatosh Shukurova, shahar Xalq ta’limi bo`limi mudiri Tagayev Shuhrat Po`latovich, Kattaqo`rg`on shahar Xalq ta’limi bo`limiga qarashli 18 ta maktab rahbarlari, Kattaqo`rg`on shahar “Do`stlik” MFY raisi Q.Karimov, faxriy ustozlar, ota-onalar ishtirok etishdi.

   Shuningdek tadbirda o'quvchilar tomonidan sahna ko'rinishlari va kuy qo'shiqlar ijro etildi.

 

 

 

 

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM