So'ngi qo'ng'iroq

Image_tadbir: 

Bugun barcha maktablarda "so'ngi qo'ng'iroq" ovozi yangradi.Katta hayotga qadam qo'yayotgan maktab bitiruvchilari bunday kunni quvonch va hayajon  bilan kutib olishdi.

Shahrimizda joylashgan maktablar singari 3- umumta'lim maktabida ham "Ilmni qadrlang, ilmga intiling!" shiori ostida bayram tadbiri ko'tarinki ruhda o'tkazildi. 

Tadbirda shahar hokim o'rinbosari Muhammadali Toshpo'latov, jamoatchilik vakillari, ota-onalar ishtirok etishdi. Shuningdek maktab bitiruvchilari ustozlariga ehtirom ko'rsatgan holda ularga atagan she'r va qo'shiqlarini ijro etishdi. Tadbir davomida o'qish davrida yutuqlarga erishgan o'quvchi yoshlar hamda o'qituvchilar munosib taqdirlandi.
 Tadbirda so'zga chiqqan o'qituvchilar bitiruvchi yoshlarga keyingi hayotlariga omadlar tilab qolishdi.

2015-2024 © Хокимият города Каттакургана. Разработан в: SAKTRM