“To‘maris izdoshlari” ko‘rik tanlov o‘tkazildi

Respublika Oliy Majlisi Senati Kengashi hamda Vazirlar Mahkamasining qo‘shma majlisi bayoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat siyosatini 2023-yilda amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturida ta’lim muassasalarining o‘quvchi qizlari o‘rtasida “Vatan mehri yuragimda” shiori ostida “To‘maris izdoshlari” ko‘rik tanlovi o‘tkazilishi belgilangan.

Bugun shu munosabat bilan 16 IDUM da Kattaqo‘rg‘on shahar Maktabgacha va ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktablarida ta’lim olayotgan o‘quvchi–qizlar o‘rtasida “To‘maris izdoshlari” ko‘rik tanlovi o'tkazildi. 

Yakuniy natijalarga ko‘ra 6-umumta’lim maktab o‘quvchi qizlari jamoasi 1-o‘rinni, 11-IDUMning o‘quvchi qizlar jamoasi 2-o‘rinni va 13-umumta’lim maktabning o‘quvchi qizlar jamoasi 3-o‘rinni egalladilar.    

            

 Kattaqo’rg’on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Хокимият города Каттакургана. Разработан в: SAKTRM