EHTIYOJMAND OILALARNI QOʻLLAB-QUVVATLASH YOʻLIDA
Image_tadbir:
Qish faslining hozirgi sovuq kunlarida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash, hamjihatlikda ularga yaqindan yordam berish asosiy vazifalardan biri boʻlib turibdi.
Bugun shunday oilalarga koʻmak berish maqsadida homiylik hisobidan shahar Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi tomonidan shahrimiz mahallalaridagi ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan 70 ta oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari va issiq kiyim kechaklar tarqatildi. O'z o'rnida tashrif buyurgan hamshaharlarimiz yurtimiz tinchligi va xalqimiz omonligini so'rab duoga qo'l ochdilar.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.