Keyingi haftada ya’ni joriy yilning 10-15 yanvar kunlari O‘zbekiston bo‘yicha anomal sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Shu kunlari sovuq ob-havo uy-joy kommunal xo‘jaligi, elektr energiya tarmoqlarida yuklama ortishi, gaz quvurlarida bosimning keskin pasayishi va unga teskari aholi xonadonlari, ijtimoiy ob’ektlar va korxonalarda energetik yuklamaning ortishiga olib keladi. 
Shu sababli fuqarolarni bu boradagi muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rishlarini, ayniqsa hovlilarda yashovchi hamshaharlarimizni uy-joylarini isitishda altеrnativ isitish vositalarini hozirlab imkoniyatlardan foydalanishlarini so‘rab qolamiz.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Kattaqo'rg'on shahar hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM