Image_tadbir:
Bugun, 2022-yilning 18-may kuni Kattaqo'rg'on shahrida umumta'lim maktabi o'quvchilari o'rtasida o'quvchi- yoshlarni huquqiy ongi hamda huquqiy madaniyatini yanada shakllantirish maqsadida "Mening huquq va majburiyatlarim" tanlovining shahar bosqichi o'tkazildi.
Tanlov 3 bosqichda o'tkazilib, 1-shart Test sinovlari, 2-shart Huquqiy bilimdonlik hamda 3-shart Sahna korinishi shaklida tashkil etilib, tanlov yakunida faxrli 1-o'rinni shahrimizdagi 17-IDUMining "Femida" jamoasi o'quvchilari qo'lga kiritib, tanlovning viloyat bosqichida qatnashish huquqini qo'lga kiritishdi.