VATANNING MARD VA JASUR O‘G‘LONLARI BAYRAMI NISHONLANDI
Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar “Doniyorbek” tadbirlar maskanida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda 14 yanvar- Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbir to‘kin dasturxon atrofida ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
Unda Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Gavhar Alimova, sektor rahbarlari, harbiy qism ofitserlari, serjant va askarlari hamda ularning oila a’zolari ishtirok etishdi.
Tadbirda Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi, senator Gavhar Alimova tadbir ishtirokchilarini Vatan himoyachilari kuni bayrami bilan qizg‘in qutlar ekan, so‘nggi yillarda Qurolli kuchlar tizimida olib borilayotgan tub islohotlar va buning natijasida xalqimizning haqiqiy tayanchiga aylangan milliy armiyamizning qudratli, tezkor va samarali kuchga aylanib borayotganligi, mudofaa va Qurolli kuchlarni isloh qilish borasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirilishi O‘zbekiston suvereniteti va hududiy yaxlitligini ta’minlashga, davlatimizning mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.
Tadbirda tinchligimiz va farovon hayotimiz, xavfsizligimizni ta’minlayotgan harbiy qism harbiy xizmatchilarining sharafli va mashaqqatli xizmatlari munosib e’tirof etildi.
O‘zbekiston Qurolli kuchlarining 32 yilligi munosabati bilan xizmat davrida o‘z yo‘nalishida jangovor tayyorgarlik bo‘yicha yutuqlarga erishgan bir guruh harbiy xizmatchilar Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alar hamda tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.
Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan hamda Vatan oldidagi burchini sharaf bilan ado etgan xarbiy xizmatchilarga Markaziy harbiy okrugi qo‘mondonining va harbiy qism komandirining tegishli buyrug‘lariga asosan qimmatbaho sovg‘alar, faxriy yorliq hamda tashakkurnomalar topshirildi.
Shundan so‘ng bayram tadbiri shahar Madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan tayyorlangan Vatanni madh etuvchi kuy qo‘shiqlar, musiqiy chiqishlar dasturi bilan davom etdi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.
Hujjatlar yo'q