insurez

Shahar hokimining yordamchisi

Shahar hokimining yordamchisi

Lavozimiga shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va ozod qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va uning Devonining, Vazirlar Mahkamasi hamda Viloyat hokimligining bevosita hokimga yo‘llangan yozma topshiriqlari to‘g‘risida o‘z vaqtida axborot berilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi va hokimning rezolyusiyasiga muvofiq uning ijrosini tashkil etadi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va uning Devoni, Vazirlar Mahkamasining hamda Viloyat hokimligining tegishli topshiriqlari bajarilishini nazorat qilish va tahlil etishni ta’minlaydi, topshiriqlarning bajarilishi va natijalari to‘g‘risida hokimga axborot beradi;

hokimning joriy ish rejalarini shakllantirishda ishtirok etadi va ularning ijrosini tashkil qiladi;

hokimga kelib tushgan xat-xabarlarni tahlil qiladi, puxta ekspertizadan o‘tkazadi, zaruriyat bo‘lganda, boshqaruv apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda tegishli topshiriqlarni (fishkalarni) tayyorlaydi, tegishli materiallar haqida hokimga axborot beradi va imzolangan topshiriqlarning belgilangan tartibda ijrochilarga yuborilishini tashkil etadi;

jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining hokim tomonidan qabul qilinishini tashkil etadi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning og‘zaki, yozma va elektron murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilingan topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;

hokim tomonidan yuklangan va funksional vazifalarda nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.

Hokimning kunlik, haftalik, oylik, choraklik va yillik ishlarini tashkillashtiradi.

Har kuni shahar hokimi qabuliga shaharni ijtimoiy-iqtisodiy hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha kelgan mansabdor shaxslarni belgilangan tartib asosida hokim qabuliga kiritadi. Hokim topshirig‘iga ko‘ra mas’ul shaxslarni hokim qabuliga taklif etadi.

Xorijiy va hamdo‘stlik davlatlaridan, qo‘shni viloyat va shaharlardan turli masalalarda kelgan mansabdor shaxslar, mehmonlarni qabulxonada tegishli tartibda qabul qilib, hokim huzuriga tashrif buyurishlarini tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, Vazirlar Mahkamasi, Oliy Majlis, vazirliklar, viloyat hokimligi va boshqa barcha yuqori tashkilotlarning kundalik telefon qo‘ng‘iroqlariga belgilangan yo‘riqnomalar asosida javob beradi, bu haqda shahar hokimini xabardor qiladi va zarur hollarda tegishli mansabdor shaxslarga xabarlarni yetkazadi.

Hokim topshiriqlarini tezkor va sifatli bajaradi, ularni hisobga oladi va nazorat qiladi, ularning bajarilishi haqida hokimga axborot berib boradi.

Shahar hokimiga matbuotda chop etilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari haqida o‘z vaqtida axborot berib boradi.

Hokim tomonidan o‘tkaziladigan majlislarni tashkil etishda qatnashadi. O‘tkazilayotgan yig‘ilishlarda sektor rahbarlari va huquqni muhofaza qiluvchi organ rahbarlarini xabardor qiladi.

Respublika, viloyat va shahar gazetalari, jurnallari sahifalarida chop etilgan shahar hayotiga oid nashrlar, maqolalar haqida hokimga axborot beradi, hokim nomiga kelayotgan muhim hujjatlar bilan ishlaydi, ularni hokim ko‘rib chiqishi uchun tayyorlaydi. Shoshilinch xarakterdagi xabarnoma va topshiriqlardan zudlik bilan hokimni xabardor etadi.

Shaxsiy masalalar bo‘yicha shahar hokimi qabulini o‘tkazishda ishtirok etadi va uni tashkil etishda shahar hokimligi devonxonasi bilan hamkorlikda ishlaydi.

Hokimlik Tashkiliy-nazorat guruhi va majmua (kotibiyat)lari bilan hamkorlikda shahar hokimligi apparat va “Hokim soati” yig‘ilishlari yuzasidan shahar hokimini tegishli ma’lumotlar bilan ta’minlaydi.

Shahardagi huquqni muhofaza qiluvchi organlardan tushayotgan tezkor axborot va ma’lumotlar haqida doimiy ravishda hokimga ma’lumot berib boradi, zarur hollarda bu haqda hokimlik mas’ul xodimlariga bildiradi.

Hokimlik mas’ul xodimlari bilan hokim oldi yig‘ilishlarida o‘ziga topshirilgan vazifalarni bajaradi.

Har kuni huquqni muhofaza qiluvchi organ va shahar tashkilotlari rahbarlariga telefon orqali bog‘lanib, ob-havo, ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar, muhim voqealar haqida ma’lumot oladi va hokimga xabar beradi.

Shahar hokimi ishga kelishi va ketishi oldidan hokim xonasini belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi va xonani maxsus muhr bilan muhrlaydi. Telefon va boshqa aloqa, navbatchilar ishini ko‘rib chiqadi.

Majburiyatlarini va topshiriqlarni bajarmasa hamda amaldagi qonunchilik talablarini buzgan hollarda belgilangan tartib asosida intizomiy jazo chorasi qo‘llanadi.

Hujjatlar


  • Hujjatlar yo'q

Teglar