insurez

Kattaqo'rg'on shahari hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi asosiy vazifalari

Kattaqo'rg'on shahari hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi asosiy vazifalari

Davlat boshqaruv organlari, Qoraqalpog‘iston Resupublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va toshkent shahar, shahar (shahar) hokimliklari (keyingi o‘rinlarda davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari deb ataladi), shuningdek, ularning tizimidagi tashkilot va muassasalarda ma’naviy-ma’rifiy sohaga va davlat tiliga oid qonun xujjatlari hamda dasturlar va “yo‘l xaritalari”ning ijrosini tashkil etish;

ma’naviy-ma’rifiy sohaga va davlat tiliga oid qonun xujjatlariga so‘zsiz rioya etilishini, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish borasidagi ishlarni tanqidiy o‘rganish, bu borada aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

davlat tili to‘g‘risidagi qonun xujjatlari talablariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishida ishtirok etish;

ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda davlat tilini rivojlantirishga oid qonun xujjatlari loyihalarini ishlab chiqish jarayogida faol ishtirok etish;

davlat organlari va xo‘jalik birlashmalarida, shuningdek, ularning tizimidagi tashkilot va muassasalarda xodimlarga davlat tilini chuqur o‘rganishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda davlat tilini keng targ‘ib qilish va rivojlantirishga, shu jumladan, “O‘zbek tili bayrami kuni”ni nishonlash bo‘yicha madaniy-marifiy va boshqa tadbirlarni tashkil etish;

geografik va boshqa toponimik obektlar, madaniy meros obektlariga qonun xujjatlariga muvofiq nom berilishi borasidagi faoliyatni monitoring qilish va bu borada aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritish;

xududlardagi barcha tashqi yozuvlar, shu jumladan lavhalar, elonlar, reklama va ko‘rgazmali boshqa axborot matnlari, tashqi reklama materiallarinig davlat tili va reklama to‘g‘risidagi qonun xujjatlariga muvofiq bo‘lishini taminlashda ishtirok etish;

davlat organlari va xo‘jalik birlashmalarida davlat tilini rivojlantirishga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash, ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarni istemolga kiritish, zamonaviy atamalarning o‘zbekona muqobillarini yaratish bo‘yicha takliflar kiritish.

Maslaxatchi o‘z zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalarga muvofiq qo‘yidagixuquqlarga ega;

davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari hamda ularning tizimidagi tashkilot va muassasalarda davlat tilini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish;

davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari raxbarlari xuzurida ma’naviy-ma’rifiy sohani va davlat tilini rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqish hamda qarorlar qabul qilishga ishtirok etish;

davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari raxbarlarining ma’naviy-ma’rifiy sohani va davlat tilini rivojlantirishga qaratilgan buyruq, qaror va ko‘rsatmalari ijrosini nazorat qilish;

davlat organlari va xo‘jalik birlashmalarida raxbarlarining ma’naviy-ma’rifiy sohani va davlat tilini rivojlantirishga oid ishlarni samarali tashkil qilish maqsadida vaqtinchalik ekspert guruxlarini tuzish;

davlat tili to‘g‘risidagi qonun xujjatlari ijrosini taminlash bo‘yicha vujudga kelgan xolatlar yuzasidan Departamentga malumotnoma va takliflar kiritish;

davlat tili to‘g‘risidagi qonun xujjatlarini takomillashtirish jarayonida ishtirok etish;

davlat organlari va jo‘jalik birlashmalari massisligida tasis etilgan ommaviy axborot vositalarini, ulurning Internet jaxon axborot tarmog‘idagi veb-saytlari xamda ijtimoiy tarmoqlardagi saxifalarni muntazam kuzatib borish, davlat tili qoidalarining buzilishi holatlari aniqlanganda, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish;

davlat boshqaruvi, zamonaviy va innovatsion texnologiyalar, sanoat, bank-moliya tizimi, xuquqshunoslik, diplomatiya, xarbiy ish, tibbiyot va boshqa sohalarga oid xalqaro so‘z va atamalarning davlat tilidagi muqobili bo‘yicha Departamentga takliflar kiritish;

talimning barcha bosqichlarida davlat tilini zamonaviy va innovatsion texnologiyalar asosida mukammal o‘rgatish jarayonini tashkil etish yuzasidan Departamentga, manfaatdor vazirlik va idoralarga takliflar kiritish;

o‘zbek tilini rivojlantirishda hamda til siyosatini takomillashtirish bo‘yicha konsepsiya va davlat dasturlari loyixalarini tayyorlashda ishtirok etish.

Maslahatchi qonun xujjatlariga muvofiq boshqa xuquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Maslahatchi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, ushbu Nizom a boshqa qonun xujjatlari talablariga rioya etishga majburdir.

Hujjatlar


  • Hujjatlar yo'q

Teglar