insurez

I-chorak

Kattaqo‘rg‘on shahrida joriy yilning I-chorak oylarida investisiya, sanoat va eksport ko‘rsatkichlari to‘g‘risida

Xududiy eksport ijrosi  to‘g‘risida.                              

2024 yil eksport prognoz ko‘rsatgichlari 52,4 mln.doll bo‘lib, shundan sanoat maxsulotlari 50,3 mln.doll 95,9% va qishloq xo‘jaligi maxsulotlari 2,1 mln.doll 4,1 % ni tashkil etib belgilab olingan.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida huddagi jami 18 ta eksportyor korxonalar 16.3 mln.dolar reja prognoz ko‘rsatgichlari 92% ga bajarilib, o‘tgan yilga nisbatan 468 % o‘sib (18 xil turdagi 6 ta davlatga) sanoat maxsulotlari eksportga yunaltirildi.

 

Jumladan,

"ZEXRA COLLECTION" MCHJ korhonasi tomonidan 8,2 mln dollarlik “Mis mahsulotlari”ni Xitoy va Turkiya davlatiga eksport qilindi.

  1. Xorijiy investisiyalarni o‘zlashtirilishi bo‘yicha:

2024 yilda Kattaqo‘rg‘on shahriga qo‘shimcha topshiriq bilan birgalikda 50,0 mln.doll xorijiy investisiyalarn jalb eshitish belgilangan.

2024 yil yanvar-mart oylarida 1,0 mln dollari,  to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar va kreditlarni o‘zlashtirish rejalashtirilgan, shundan  amalda 1,0 mln dollar o‘zlashtirilgan.

Misol uchun:

-MCHJ "METALL SOLUTION INTERNATIONAL 7777" QK negizida Rangli metallarni qayta ishlash loyihasi bo‘yicha1,0 mln dollar xorijiy investisiyalar

Shuningdek, Xitoy davlatiga tashrif davomida umumiy qiymati 238.1 mln.dollar bo‘lgan 16 ta loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha  ishlar jadallashtirilmoqda,

Jumaladan,

-“FU XANG"  MCHJ va “FU XANG Co.LTD (korxona raxbari Chin Bin) bilan hamkorlikda umumiy qyimati 20.0 mln.dollar hamda 40 nafar ish o‘rni bo‘lgan “Kvars qumlarini qayta ishlash” loyihasi (Izoh: Bugungi kunda “FU XANG” MCHJ va mahalliy xamkor tomonidan qurilish ishlari boshlangan, Xorijiy investor Xitoy davlatiga asbob-uskunalarni tayyorlash va yuborish ishlarini amalga oshirmoqda.);

-"Red Persimmon" MCHJ  va Zhengzhou Xuke Mining co.,ltd (Jenjou xuki mayning raxbari Shanguan Dongxu) korxonasi bilan hamkorlikda umumiy qiymati qariyib 154.0 mln.dollar hamda 100 nafar ish o‘rni bo‘lgan “Volfram ishlab chiqarish” loyihasi

(Izoh: Auksion savdolari orqali 1833 gektar yer maydoni (yer qari zaxira konlari)  sotib olingan. Loyiha bo‘yicha bugungi kunda TEO (texnik iqtisodiy asoslari) ishlab chiqilmoqda, shuningdek davlat Geologiya qo‘mitasi bilan zaxira konlaridan foydalanish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.);

  1.  Xududiy investisiya dasturlari bo‘yicha:

Kattaqo‘rg‘on shahrida 2024 yilda xududiy investisiya dasturi doirasida umumiy qiymati 1 trln 420,5 mlrd.so‘m bo‘lgan 19 ta investisiya loyihalari shakllantirilgan bo‘lib, ushbu loyihalarni ishga tushishi natijasida 376 nafar yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.

Shundan, joriy yilning I choragida qiymati 8,8 mlrd so‘m bo‘lgan, 4 ta loyiha hamda 29 nafar, II choragida qiymati 10,3 mlrd so‘m bo‘lgan, 5 ta loyiha hamda 32 nafar ish o‘rni yaratilishi belgilangan.

 Xududiy sanoat ko‘rsatkichlari

2024 yilning I choragida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 134,2 mlrd so‘m belgilangan, yanvar-may oylari rejasi 57,7 mlrd so‘m bo‘lib, amalda 500,4 mlrd so‘mga yoki 118,8 % ga bajarilgan.

Hujjatlar


  • Hujjatlar yo'q

Teglar