insurez

Devonxona mudiri vazifalari

Devonxona mudiri vazifalari

shahar devonxona mudiri

Devonxona faoliyatini tashkil etadi va rahbarlik qiladi. Tasdiqlangan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ish yuritish va arxiv ishlarini tashkil etishni ta’minlaydi, tushadigan xat-xabarlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish, hisobga olish, taqsimlash va mansubligiga ko‘ra yuborishni, chiquvchi xat-xabarlarni qabul qilish va jo‘natishni tashkil qiladi va ularning monitoringini yuritadi.

Hokimlikda ish yuritish, hujjatlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish va taqsimlashni tashkil etadi. Shahar hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-son hamda 1999 yil 29 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi               140-son qarorlari, shuningdek, shahar hokimligida ish yuritish tartibi asosida ish yuritish qo‘llanmasi, tavsiya va yo‘riqnomalari asosida ish yuritishni ta’minlaydi.

Shahar hokimi apparati arxivining ish faoliyatini nazorat qilib boradi. Tarkibiy bo‘linmalar tomonidan hujjatlar nomenklaturasiga amal qilinishini o‘rganib boradi va amaliy yordam beradi.

Shahar hokimligi tarkibiy bo‘linmalari bilan ish yuritish yuzasidan munosabat yuritadi. Shahar va shaharlar hokimliklarida ish yuritish ahvolini o‘rganadi va amaliy yordam ko‘rsatadi.

Devonxona mudiri shahar hokimining tezkor topshiriqlari ijrosini tashkil etadi, ish xonasida jihozlarning saqlanishini ta’minlaydi.

Shahar hokimining qaror va farmoyishlari loyihalari tayyorlanishini puxta tahlil qilinganligi hamda tegishli mas’ullar tomonidan viza qo‘yilganligini ko‘rib chiqib, shahar hokimiga kiritilishini ta’minlaydi, hokim imzosidan keyin rasmiylashtiradi va qaror, farmoyishni tayyorlagan bo‘linma mas’ul xodimi tomonidan jo‘natish varaqasida ko‘rsatilgan nusxa soniga ko‘ra nusxa olishga ruxsat beradi hamda ijrochilarga yetkazilishini tashkil etadi.

Hokimning qaror va farmoyishlari hamda hokimlik devoniga kelgan hujjatlarni muqovalashga tayyorlaydi, to‘liqligiga qarab muqovalashtirishni tashkil etadi va nazorat olib boradi.

Devonxona mas’ul xodimlari ish faoliyatini vazifalar taqsimoti bo‘yicha muvofiqlashtiradi va faoliyatini tahlil etib boradi, tegishli taklif va xulosalarini rahbariyatga bildiradi.

Shahar hokimining qaror, farmoyishlari, hokimlikning chiqish hujjatlari va yig‘ilish bayonnomalarini ijrochi tomonidan berilgan jo‘natish varaqasi asosida nusxa ko‘paytirib olishga hamda arxiv hujjatlarini olish va foydalanishni tegishli soha bo‘yicha hokim o‘rinbosarining yozma ruxsati asosida hujjatlarning asl nusxasini taqdim etishni faqat shahar hokimining aniq ko‘rsatmasiga ko‘ra amalga oshiradi.

Hokimlik apparatiga ishga qabul qilingan xodimlarni hokimlik tuzilmasi, ish yuritish yo‘riqnomasi va ijroni nazorat qilish va tekshirish bo‘yicha asosiy qoidalar, ichki mehnat tartibi qoidalari va hokimlik faoliyatini tartibga soluvchi boshqa me’yoriy hujjatlar bilan tanishtiradi.

Xalq deputatlari shahar Kengashi va hokimning hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, hisobga olish, rasmiylashtirish, ko‘paytirishni va shu jumladan elektron pochta orqali jo‘natishni ta’minlaydi.

Shahar hokimi va hokim o‘rinbosarlari raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishlar bayonnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazadi va ularning saqlanishini ta’minlaydi.

Yuqori organlardan kelgan hujjatlarni muhimligi aniq muddatlari ko‘rsatilgan hujjatlar hamda shahar hokimining topshiriq ko‘rsatmalariga qarab hujjatlarni nazoratga oladi va yo‘riqnomada ko‘rsatilgan tartibda
“N” belgisini qo‘yadi.

Shahar hokimligi va shahar tashkilotlari devonxona xodimlariga (mudirlariga) amaliy yordam va seminarlar tashkil etadi.

“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ravishda shahar hokimligida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ish olib boradi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning shahar hokimi va uning o‘rinbosarlariga yuborilgan ariza, taklif yoki shikoyatlarini shahar  hokimligining umumiy bo‘limi orqali ro‘yxatga olinishini ta’minlaydi.

Barcha yozma murojaatlarni mazmunidan kelib chiqqan holda ijro etuvchiga shahar hokimi yoki birinchi o‘rinbosari nomidan uning yo‘naltiruvchi xatini tayyorlab imzo uchun kiritadi.

Shahar hokimi va hokim o‘rinbosarlari tomonidan imzolangan topshiriq bilan birga murojaatlarni ijrochilarga elektron hujjatlar aylanmasi orqali jo‘natadi yoki shaxsan topshiradi.

Murojaatlarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ijro etilganligi haqidagi javob xatlarini talab qilib oladi va ijrosi ta’minlangan murojaatlarni shahar hokimiga va hokim o‘rinbosarlariga kiritib murojaatni nazoratdan chiqarish yuzasidan ko‘rsatmasini oladi hamda nazoratdan chiqaradi.

Yuqori organlardan ijro etish uchun yuborilgan murojatlarni alohida ro‘yxatga oladi va qonun bilan belgilangan muddatlarda ijro etilishi hamda javob xatlarini olib murojaat ijrosi haqida yuqori tashkilotlarga ma’lumot berilishini nazorat qilib boradi.

Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashda shahar hokimligining rahbar xodimlari va shahar tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning og‘zaki murojaatlarini ro‘yxatga olib boradi va ularning ijro etilishini nazorat qiladi.

Hokimning yordamchisi va hokim o‘rinbosarlarining mutahassislari bilan birgalikda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqishni tashkil qiladi.

Shahar hokimi hamda uning o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkaziladigan jismoniy va yuridik shaxslarning qabullarini tashkil etadi va murojaatlarni ijro etish yuzasidan shahar hokimi va hokim o‘rinbosarlari tomonidan berilgan topshiriqlarni tegishli rahbar-xodimlar bilan birgalikda ijro etilishini ta’minlaydi.

Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari (og‘zaki, yozma yoki elektron) yuzasidan hisobotlar olib boradi va tahlillar tayyorlaydi hamda hisobotlarni yuqori organlar va shahar hokimiga belgilangan muddatlarda taqdim etib boradi.

Hujjatlar


  • Hujjatlar yo'q

Teglar