insurez

Bosh mutahassis

Shahar hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha bosh mutahassis

Majmua (kotibiyat) faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, vakolatiga kiruvchi masalalarni hal qilish bo‘yicha yo‘nalishlarni va vazifalarni belgilaydi.

Majmua (kotibiyat)ga yuklatilgan vazifalar bo‘yicha javob beradi. Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, qurilish sub’ektlari o‘rtasida bozor munosabatlarini joriy etish, pudrat, loyiha ishlari va qurilish materiallari bozorini shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Sanoat ishlab chiqarish sohasida islohotlarini chuqurlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi, ishlamayotgan sanoat korxonalari faoliyatini tiklash chora-tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlaydi.

Hududda standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish sohasida yagona davlat siyosati o‘tkazilishini tashkil qilish, xalqaro standartlarni qo‘llash, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi bo‘yicha mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshligini oshirish, iste’mol bozorini sifatli mahsulotlar bilan to‘ldirishga hamda mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarni mahalliylashtirish dasturlarini korxona va tashkilotlarda qo‘llanilishini amalga oshiradi.

Tasarrufidagi idoralarda yagona davlat investitsiya siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlarni tuzadi. Investitsiya dasturlariga muvofiq ravishda qurilishlar manzilli ro‘yxatini shakllantirish, barpo etilayotgan ob’ektlarning o‘z vaqtida ishga tushirilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi.

Qurilish kompleksida pudrat loyiha ishlariga bo‘lgan davlat buyurtmasini tender asosida joylashtirish, shuningdek uning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi.

Hududda shaharsozlik hujjatlarini shakllantirish va yuritish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Qurilishlarni bosh reja asosida amalga oshirilishini ta’minlaydi, shuningdek shaharlar, aholi punktlari qurilishida me’yor va qoidalarga rioya qilinishini nazorat qiladi.

Kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida islohotlarning chuqurlashtirilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi, kommunal xizmatlar raqobat bozorini shakllantirilishiga imkoniyat yaratadi. Muhandislik ta’minoti xizmatlari doimiy ishlab turishini tashkil etadi.

Transport va aloqa sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish
chora-tadbirlarini amalga oshiradi, transport va kommunikatsiya komplekslarida infratuzilmani shakllantiradi.

Yo‘llar infratuzilmasi, transport inshootlarini rivojlantirish va aholini ichimlik suvi hamda tabiiy gaz bilan ta’minlash, shuningdek aholi punktlarini obodonlashtirishni ta’minlash bo‘yicha dasturni bajarishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Resurslarni tejovchi texnologiyalar va mexanizmlar joriy etilishini, yoqilg‘i-energetika resurslarni tejalishini ta’minlovchi dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Hukumat qarorlari, viloyat hokimligi hamda shahar hokimining mazkur tarmoq bo‘yicha qabul qilgan qarorlari va topshiriqlarini bajarilishi va nazorati uchun shaxsan javobgardir.

Majmua (kotibiyat)ning ijro intizomini mustahkamlash bilan shaxsan shug‘ullanadi. Ahvolni tanqidiy tahlil qilib boradi va natijasi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish to‘g‘risida takliflar kiritadi. Tizimdagi kadrlarni malaka va tajribasini oshirish, o‘qitish masalalari bilan doimiy shug‘ullanadi.

Majmua (kotibiyat)ga yuqori tashkilotlardan kelgan hamda hokim, uning o‘rinbosarlari nazoratidagi xatlarni o‘z vaqtida bajarilishi ta’minlash bo‘yicha ish olib boradi va bajarilishi ta’minlanmagan hujjatlar bo‘yicha belgilangan tartibda takliflar kiritadi.

Shahar hokimi o‘rinbosarining jismoniy va yuridik shaxslar bilan belgilangan tartibda qabullarini tashkil qiladi, kotibiyatga yo‘naltirilgan murojaatlarning shu jumladan, yagona interaktiv portaldan hamda “Is_DocFlow” Dasturi orqali kelgan hujjatlarning umumiy nazoratini olib boradi.

Shahar hokimining o‘rinbosari majmuasi (kotibiyati)ga oid bo‘lgan yig‘ilishlar (uchrashuv, selektor, videoselektor) va boshqa tadbirlar o‘tkazilishini tashkillashtiradi, tizimiga oid tashkilotlar ishtirokini ta’minlaydi;

Majmua (kotibiyat)dagi tashkilotlar bilan belgilangan tartibda yig‘ilishlar o‘tkazib, zarur ko‘rsatma, topshiriq va tavsiyalar beradi. Ishni tashkil etish uchun hisobotni va majmua (kotibiyat) vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha boshqa axborotlarni qonunda belgilangan tartibda talab qilib oladi.

Quyidagi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi:

shahar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi;

shahar arxitektura va qurilish bo‘limi;

shahar avtomobil yo‘llari bo‘limi;

shahar “Toza hudud” davlat unitar korxonasi;

shahar obodonlashtirish boshqarmasi;

“Kattaqo’rg’on elektr tarmoqlari korxonasi”;

“Dexqonobod elektr tarmoqlari korxonasi”;

“Bulung‘urshahargazta’minoti” davlat unitar korxonasi;

“Suvoqova” DUK shahar filiali;

«Yermulkkadastr» davlat korxonasining shahar filiali;

shahar telekommunikatsiya bog‘lamasi

shahar yo‘l xo‘jaligi pudrat ta’mirlash-foydalanish korxonasi;

shahardagi barcha qurilish korxonalari.

Hujjatlar


  • Hujjatlar yo'q

Teglar